Yevropa sport nashrlari assotsiatsiyasi «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga «Oltin butsa» sovrinini topshirdi.
Messi 2017/18 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Yevropaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. U o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionati o‘yinlarida 34 gol urishga erishgan.
Bu Messi uchun beshinchi «Oltin butsa» bo‘ldi. U 2009/10 (34 gol), 2011/12 (50), 2012/13 (46) va 2016/17 (37) yilgi mavsumlarda ham qit’aning eng yaxshi to‘purari sifatida taqdirlangan.
Bu borada rekordchiga aylangan argentinalik hujumchi «Yuventus» hujumchisi, 4 bor «Oltin butsa» egasiga aylangan Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi. Boshqa hech bir futbolchi bu mukofotni 2 martadan ortiq qo‘lga kiritmagan.
«Oltin butsa» - Yevropa chempionatlarida mavsumning eng yaxshi to‘purariga topshiriladigan sovrin. Bu sovrin 1968 yildan 1991 yilgacha gollar soni bo‘yicha berilgan. 1992 yildan 1996 yilgacha sovrin topshirilmagan, 1997 yildan esa qayta tiklangan, lekin yangi qoidalar bo‘yicha. Endi gollar chempionatlar koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi