Yaponiya - Turkmaniston o‘rtasidagi o‘yindan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida Xajime Moriyasu va Maya Yoshida ishtirok etdi.
"Osiyo Kubogi syurprizlar bilan boshlandi. Avstraliya yutqazdi, Tailand yutqazdi, Janubiy Koreya esa qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi. Natijalar musobaqaning ilk uchrashuvi qanchalik qiyin bo‘lishini ko‘rsatib berdi. Turkmaniston bilan bahsda maqsadimiz juda oddiy - faqat g‘alaba.
Umuman olganda har bir o‘yin qiyin bo‘ladi, futbolchilar buni bilishadi. Bizning tarkibda tajribali va yosh futbolchilar bor. Maqsadimiz - Osiyo Kubogini qo‘lga kiritish.
Jahon chempionatidan so‘ng Yaponiya bosh murabbiyiga aylaganimdan so‘ng tarkibni yoshartirishga qaror qildim. Sababi Yaponiya futbolini qurishda davom etmoqchimiz.
Yosh futbolchilar bu imkoniyatdan foydalanib Osiyo Kubogida yaxshi ishtirok etishadi deb umid qilaman.
Dekabr oyida bir haftalik yig‘in o‘tkazdik. Biz nafaqat Turkmaniston, balki butun Osiyo Kubogiga tayyorlandik", - deydi Xajime Moriyasu.
"To‘rt yil oldin Osiyo Kubogida chorak finalda yutqazib qo‘yganimiz bizni xafa qilgan edi. Jamoam sovrinni qo‘lga kiritmoqchi. Barcha futbolchilarga ishonaman. Agar faxr va mas’uliyat bilan o‘ynasak imkoniyatlarimizga yuqori baho beraman", - deydi Maya Yoshida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi