Shvesiyalik futbolchi Zlatan Ibragimovich ov paytida 500 kg keladigan bug‘uni otib o‘ldirdi

  • 30 dekabr 2014, 11:21
  • 4 450
  • Sport
  • Shvesiyalik futbolchi Zlatan Ibragimovich ov paytida 500 kg keladigan bug‘uni otib o‘ldirdi

    Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich ov paytida bug‘uni otib o‘ldirdi. Bu haqda “Expressen” shved gazetasiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

    Rojdestvo ta’tili kunlari futbolchi ona vatani Shvesiyaga ovga bordi. U quroldan birinchi o‘q uzishidayoq 500 kilogramm keladigan bug‘uni qulatishga muvaffaq bo‘ldi. “Bu juda ham katta bug‘u edi, ko‘proq ho‘kizni eslatib yuborardi. Zlatanni bu o‘lja bilan tabriklasa bo‘ladi”, – deb aytdi Ovchilar uyushmasi bosh kotibi Bo Skold.

    Biroq Zlatanning bu harakatlari Shvesiya jonivorlarni himoya qilish jamiyati tomonidan tanqidga uchradi. Uyushmaning rahbari Kamilla Berkbom futbolchini tanqid qilib, Ibragimovich o‘zining mashhurligi tufayli ovchilik va hayvonlarni o‘ldirishni qonuniylashtirilishiga sabab bo‘lmoqda.

    Ibragimovich ovchilik qilishga ruxsatnomani 2010 yilda olgan. Futbolchi ovchilikdan tashqari, baliq tutish bilan ham qiziqadi: u 19 dekabr kuni o‘zining Instagram dagi sahifasiga tutgan cho‘rtan balig‘i bilan tushgan suratini qo‘ygan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shvesiyalik futbolchi Zlatan Ibragimovich ov paytida 500 kg keladigan bug‘uni otib o‘ldirdi