3 533
Yazguli Xojageldiyev: «O‘zbekiston Ummon bilan o‘yinda qiyinchilikka uchraganini tushunaman»
Osiyo Kubogi guruh bosqichining 2-turi doirasidagi Turkmaniston–O‘zbekiston uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida turkmanistonliklar bosh murabbiyi Yazguli Xo‘jageldiyev va jamoa yarimhimoyachisi Ahmet Atayev ishtirok etdi.
«Yaponiya darvozasiga ikkita gol urilgani ertangi o‘yin oldidan jamoamizga ishonch bag‘ishlaydi. Yaponlarga qarshi o‘yinimizda kichik xatolar ko‘zga tashlandi, O‘zbekiston bilan bahsda ularni bartaraf etishimiz lozim.
Keyingi bosqichga chiqishimizga ishonyapmanmi? Ertaga ijobiy natija qayd etishimiz zarur, shunda pley-offga chiqish imkoniyatimiz oshadi», – dedi Xo‘jageldiyev.
Turkmaniston bosh murabbiyi yaxshi formadagi Artur Gevorkyan tarkibga jalb etilmaganini izohlar ekan, u bilan o‘rtasida hech qanday muammo yo‘qligini aytib o‘tdi. Shuningdek, mutaxassis «Buxoro» yarimhimoyachisi Arslanmurat Amanovdan O‘zbekiston termasi haqida ma’lumot so‘rab olmaganini ham ta’kidladi.
«O‘zbekistonning Ummonga qarshi o‘yini meni hayron qoldirdimi? Turnirdagi birinchi o‘yin doimo qiyin bo‘lishini tushunaman», – dedi Xo‘jageldiyev. U yana bir savolga javoban Markaziy Osiyo futbolida O‘zbekistonning yetakchiligi kelajakda Turkmaniston qo‘liga o‘tishiga umid bildirdi.
O‘z navbatida, Indoneziya chempionatida to‘p suruvchi yarimhimoyachi Ahmet Atayev «O‘zbekiston terma jamoasidagi qaysi futbolchilarni ajratib ko‘rsatgan bo‘lardingiz?» degan savolga Odil Ahmedov, deya javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston–O‘zbekiston uchrashuvi ertaga, 13 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Dubaydagi «Rashid Stadium» o‘yingohida start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi