3 626
Piter Xyuystra: “Paxtakor” va “Lokomotiv” Gollandiya klublariga yaxshigina raqobat hosil qila oladi
“Paxtakor” klubida bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borayotgan gollandiyalik mutaxassis Piter Xyuystra kuni kecha mashhur golland nashri Voetbal Zonega intervyu berdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.
Intervyu davomida Gollandiya terma jamoasining sobiq a’zosi O‘zbekistondagi faoliyati va “Paxtakor” haqida to‘xtalib o‘tdi.
- Menga O‘zbekiston ancha ma’qul keldi. Mamlakat va bu yerning odamlari menga juda manzur bo‘ldi. Qolaversa, milliy chempionat saviyasi ham yomon emas. Zero, “Paxtakor” va “Lokomotiv” kabi klublar Gollandiya miqiyosidagi klublarga yaxshigina raqobat hosil qila oladi, deb hisoblayman. “Utrext”, “AZ” va “Vitess” kabi jamoalar bilan saviyamiz bir xil desam xato bo‘lmaydi. Qolgan o‘zbek klublari golland Erediviziyasida nisbatan pastroq o‘rinlardan joy olishgan bo‘lar edi.
“Paxtakor” klubi ayni paytda to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda. Bu yerda yaxshi darajadagi klub shakllantirish ishlari olib borilmoqda. To‘g‘ri, hali “Ayaks”, “Feyenoord” yoki “PSV” kabi grand klublar darajasida emasmiz. Lekin klub infratuzilmasini sekin-asta yaxshilab boryapmiz. “AZ” klubi yaqinda Yevropa Ligasi doirasida Qozog‘istonning “Qayrat” klubiga imkoniyatni boy berdi. Holbuki, biz mazkur jamoani yig‘in payti osongina mag‘lub etgan edik, - dedi mutaxassis.
Ta’kidlash joiz, Piter Xyuystra o‘z vaqtida “Groningen”, “Tvente”, “Glazgo Reynjers” kabi klublar va Gollandiya terma jamoasi safida hujumkor yarim himoyachi sifatida faoliyat olib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi