Yengil atletika bo‘yicha 8 karra Olimpiya va 11 karra jahon chempioni, yamaykalik Useyn Bolt futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Afsonaviy sprintchi Avstraliyaning “Sentral Kost Meriners” klubida to‘p surayotgandi.
“Bu yaxshi tajriba bo‘ldi, menga jamoada bo‘lish yoqdi. Bu yengil atletikaga nisbatan o‘zgacha bo‘ldi, men jamoada ishtirok etayotgan vaqtimda chinakamiga zavq oldim”, deb aytgan 32 yoshli sportchi.
Bolt 2018 yil avgustda “Sentral Kost Meriners” bilan kelishuv imzolagan. Unga ko‘ra, Bolt jamoa bilan mashq qilib, professional shartnoma olish imkoniga ega bo‘lgan. Keyinroq “Makartur Saut Vest Yunayted” klubiga qarshi o‘yinda Bolt o‘z hisobiga 2 ta gol yozib qo‘ygan. Avstraliya klubi rahbariyati sportchi bilan shartnomani tuzmaslikka qaror qilgan.
Avvalroq Bolt Diyego Maradona murabbiylik qilayotgan, Meksikaning “Dorados” klubi bilan shartnoma imzolashi mumkinligi ma’lum qilingandi.
Bolt yengil atletikani Londondagi 2017 yilgi jahon chempionatidan keyin tark etgan. Yamaykalik 100 va 200 metrlik masofalarga yugurishda qatorasiga uchta Olimpiadada (2008, 2012, 2016) oltin medalni qo‘lga kiritgan yagona sportchi hisoblanadi. Uning hisobida shuningdek 100 va 200 metrga yugurishdagi amaldagi rekordlar bor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi