09:54 / 11.02.2019
4 456

Superliga-2019. PFL yangi mavsum uchun chiptalar narxini ma’lum qildi

Superliga-2019. PFL yangi mavsum uchun chiptalar narxini ma’lum qildi
PFL yangi mavsum uchun chiptalar narxi haqida ma’lumot berdi.
"Barcha musobaqalarga kirish chiptalarining narxi klub tomonidan mustaqil o‘rnatiladi. Shu bilan birga chiptalarning minimal narxini O‘FA va O‘zPFL belgilaydi. Kirish chiptalarining sotilishidan tushgan daromad uchrashuvda maydoni “egasi” bo‘lgan klub ixtiyorida qoladi. Chipta narxining belgilanishida VIP sektorlarga tutash sektorlar uchun chiqarilgan chiptalar narxi, qarama-qarshi tomon sektorlari uchun chiptalar narxidan kamida uch marta qimmatroq bo‘lishi shart. Bunda mana shu tutash sektorlar uchun chiqarilgan chiptalar narxi 50 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak", - deb yozilgan yangi mavsum uchun reglamentda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga-2019. PFL yangi mavsum uchun chiptalar narxini ma’lum qildi