Qatar poytaxtida o‘tkazilayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz vakillarining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, atletlarimiz navbatdagi medallarini balandlikka sakrash sektorida qo‘lga kiritishdi.
Qit’ada tengsiz hisoblanadigan Svetlana Radzivil hamda Nadiya Dusanova Dohada ham birga shohsupaga ko‘tarilishdi. Mazkur qit’a chempionatida g‘oliblik Nadiya Dusanovaga nasib etdi. Hamyurtimiz oltin medalni qo‘lga kiritishi uchun 1.90 metr balandlikdan oshib o‘tishi talab etildi.
Svetlana Radzivil bu safar bronza medali bilan cheklandi. Yurtdoshimiz qozog‘istonlik raqibasi bilan birga bir xil 1.88 metr natija qayd etgan bo‘lsa ham, urinishlar bo‘yicha qo‘shni mamlakat vakilasi ustunlik qildi.
Shu tariqa mazkur musobaqada terma jamoa vakillarining jamg‘argan medallari 3 ta oltin va 1 ta bronzaga yetdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlari o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Putinning navbatdagi olti yillik boshqaruvi Rossiya va dunyoga nima olib keladi?
Ekspert: Putinning saylovdagi g‘alabasi O‘zbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlaydi
Putin: Yangi vazifalar, NATO, Ukraina va Fransiya bilan munosabatlar
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
Qaysi davlat yetakchilari Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi