00:23 / 26.04.2019
2 367

AQSh basketbolchilari O‘zbekistonda ko‘rgazmali o‘yinlarni o‘tkazishadi

AQSh basketbolchilari O‘zbekistonda ko‘rgazmali o‘yinlarni o‘tkazishadi
Amerikaning Harlem Globetrotters («Harlem sayohatchilari») basketbol klubi AQSh Davlat departamentining «Sport elchilari maktablardagi zo‘ravonlik va tahqirlashga qarshi» dasturiga asosan, 29 aprel – 6 may kunlari O‘zbekistonga keladi, deb xabar beradi AQSh elchixonasi matbuot xizmati.

Sport yulduzlari O‘zbekistonda zo‘ravonlik va tahqirlashga qarshi kurash doirasidagi «Maktabning ahil jamoasi» antibulling dasturini taqdim qilishadi.

Bunga qo‘shimcha ravishda, Harlem Globetrotters klubi 26, 28 va 30 may kunlari Toshkentdagi Humo Arena’da Washington Generals klubi bilan ko‘rgazmali o‘yinlarni o‘tkazadi.

Qayd qilinishicha, O‘zbekiston Harlem Globetrotters klubi tashrif buyurgan 124-mamlakat bo‘ladi. Bu bilan basketbolchilar o‘zlariga tegishli bo‘lgan «Eng ko‘p mamlakatga borgan klub» nomli Ginness rekordini yangilashadi.

Harlem Globetrotters — Amerikaning basketbol bo‘yicha ko‘rgazmali jamoasi bo‘lib, 1927 yilda tashkil qilingan. 50-yillardan boshlab klub AQSh «ezgu niyat elchilari» vazifasini bajarib kelmoqda. Jamoa o‘z o‘yinlarida sport, teatr shousi va komediya elementlarini mujassamlashtirgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AQSh basketbolchilari O‘zbekistonda ko‘rgazmali o‘yinlarni o‘tkazishadi