09:29 / 11.05.2019
2 567

"Nasaf" Qarshida "Qizilqum" bilan durang o‘ynadi

"Nasaf" Qarshida "Qizilqum" bilan durang o‘ynadi
O‘zbekiston chempionatining 8-turidan o‘rin olgan "Nasaf" – "Qizilqum" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Qarshida bo‘lib o‘tgan bahsda durang natija qayd etildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar dahlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida mehmonlar standart vaziyatni golga aylantirishdi. Burchakdan uzatib berilgan to‘pni Murod Bobojonov boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi.

Biroq maydon egalari bunga tezda javob qaytarishdi, 51-daqiqada Humoyun Murtazoyev boshi bilan aniq zarba yo‘llab, muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa, qarshiliklar ochkolarini 11taga yetkazib olgan holda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilishdi. “Qizilqum” (9) esa 9-pog‘onaga ko‘tarildi.

"Nasaf" – "Qizilqum" 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar:
0:1 – 49 Bobojonov, 1:1 – 51 Murtazoyev.

“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 6. Azizjon G‘aniyev, 8. Dilshod Saitov, 9. Xumoyun Murtazoyev, 17. Doniyorjon Narzullayev (77. Oybek Bozorov, 46), 18. Bobir Davlatov (27. Islom Rashidxonov, 80), 19. Sardor Abduraimov, 20. Islom Kenjaboyev (14. Sharof Muxitdinov, 70), 28. Xurshidbek Muxtorov, 92. Umarbek Eshmurodov.

“Qizilqum”: 22. Artem Makosin, 4.Erkin Boydullayev, 7.Murodbek Bobojonov (10. Alisher Sanoyev, 62), 17. Salim Mustafoyev, 18. Eldor Boymatov, 21. Muhsinjon Ubaydullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili (19. Mirjalol Qosimov, 82), 36. Xurshidjon Olimov (9. Humoyun Abdualimov, 85), 44. Maqsud Karimov, 99. Ariagner Smit Medina.
Ogohlantirishlar: Ubaydullayev 38, Abdualimov 89, G‘aniyev 90+3, Smit 90+4.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" Qarshida "Qizilqum" bilan durang o‘ynadi