22:55 / 02.09.2019
2 816

O‘zbekiston Kubogi va Liga Kubogi yarim finaliga qur’a tashlandi

O‘zbekiston Kubogi va Liga Kubogi yarim finaliga qur’a tashlandi
Foto: PFL
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi va Liga Kubogi musobaqalarining yarim finaliga qur’a tashlash jarayoni 2 sentyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Kubogining dastlabki yarim finalida OKMK o‘zida «Bunyodkor» bilan o‘ynasa, ikkinchi finalchi nomi «Paxtakor» va «Nasaf» ishtirokidagi uchrashuvda hal bo‘ladi.

O‘zbekiston Kubogi
Yarim final


1. OKMK — «Bunyodkor»
2. «Paxtakor» — «Nasaf»
OKMK Liga Kubogi yarim finalini ham Olmaliqda o‘tkazadi. Mirjalol Qosimov shogirdlari bu bosqichda «Dinamo» bilan to‘qnash keladi. «Paxtakor» esa «Qo‘qon-1912» bilan o‘ynaydi. «Sherlar» ushbu musobaqaning guruh bosqichida qo‘qonliklarga yirik hisobda yutqazib qo‘gandi.

O‘zbekiston Liga Kubogi
Yarim final


1. OKMK — «Dinamo»
2. «Qo‘qon-1912» — «Paxtakor»
Eslatib o‘tamiz, har ikki musobaqadagi final masalasi bitta o‘yinda hal bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Kubogi va Liga Kubogi yarim finaliga qur’a tashlandi