UFC prezidenti Deyna Uayt UFC 242 musobaqasi asosiy jangi g‘olibi Xabib Nurmagomedov endi kimga qarshi oktagonga chiqishini ma'lum qildi.
«Toni Fergyuson — Xabib uchun keyingi raqib. Albatta, u (Fergyuson) rozi bo‘lsa. Ko‘ramiz, Xabib qachon qaytishga tayyor bo‘larkan. Agar Fergyuson rozi bo‘lsa, Xabib uchun navbatdagi jangi u bilan bo‘ladi. Toniga shunday imkoniyat allaqachon taklif etilgan.
Ammo Toni istamasa yoki ishlar ko‘ngildagidek ketmasa raqib Konor bo‘lishi ham mumkin.
Konor revansh olishni istamoqda. Ishonamanki, fanatlarga bunday jangni ko‘rish juda qiziq bo‘lardi», — deydi Uayt.
Rossiyalik jangchi 8 sentyabrga o‘tar kechasi Abu-Dabida amerikalik Dastin Poreni uchinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etib, ikkinchi marta chempionlik kamarini himoya qildi.
Toni Fergyuson 12 g‘alabadan iborat seriya qayd etmoqda. U faoliyatida jami 25 g‘alabaga erishib, 3 marta mag‘lub bo‘lgan. Xabib Nurmagomedov esa 28 marta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi