09:17 / 14.09.2019
2 686

Murodjon Ahmadaliyevdan navbatdagi g‘alaba!

Murodjon Ahmadaliyevdan navbatdagi g‘alaba!
Bir necha soat avvval, yurtdoshimiz Murodjon Ahmadaliyev kolumbiyalik Vilner Sotoga qarshi navbatdagi jangini o‘tkazdi. 55,3 kg vazn toifasidagi 10 raundlik jang muddatidan avval yakunlandi. Jang 4-raundda to‘xtatildi. Texnik nokaut bilan hamyurtimiz g‘alabani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Mazkur jang Murodjonning profi ringdagi 7- jangi bo‘ldi. Ma’lumki, ushba janglarni barchasida Ahmadaliyev g‘alaba qozongan. Soto esa yurtdoshimizdan anchagina tajribali bo‘lib, bugun u professional ringdagi 29-jangini o‘tkazdi. Faoliyatida bugungini qo‘shib hisoblaganda yetti bora mag‘lubiyatga uchragan. 22 ta jangda g‘alabaga erisha olgan edi.

Eslatib o‘tamiz: Murodjon Ahmadaliyev ikki yo‘nalish bo‘yicha jahon chempioni amerikalik Daniel Romanga qarshi jang olib borishi lozim edi. Ammo, Romanning jarohati sabab, bu jang bekor bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyevdan navbatdagi g‘alaba!