22:10 / 15.09.2019
2 939

Shota Arveladze "Navbahor" muxlislariga: Qarsak chalishni o‘rganing

Shota Arveladze "Navbahor" muxlislariga: Qarsak chalishni o‘rganing
Superliga 19-turidan o‘rin olgan "Navbahor" hamda "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng (0:1) "sherlar" ustozi Shota Arveladze uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yindan oldin yigitlarga bahs muhiti Chempionlar Ligasidek bo‘lishini aytgandim. Oddiy bo‘lmasligini ta’kidlagandim. Eronda stadionda odamlar ko‘p bo‘lgan va muhit o‘zgacha edi. Yigitlar ko‘rsatmalarni yaxshi bajarishdi. O‘yinni to‘liq nazorat qildik, ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. To‘pni o‘zimizda ushlab turdik. Mezbonlarda bahs oxirida yaxshi imkoniyat bo‘ldi xolos.

Bizda o‘n nafardan ortiq futbolchilar terma jamoalarda bo‘lishdi, Simich va Sergeyevda kichik jarohat mavjud. Qiyin holatdan chiqib ketdik.
Muxlislardan o‘zlarini yaxshiroq tutishlarini so‘ragan bo‘lardim. Ular chiroyli o‘ynagan, hujumkor futbol ko‘rsatgan jamoani olqishlashlari kerak deb o‘ylayman. Murabbiyga hamisha qanchadir vaqt zarur. Ikkinchi mavsumda jamoani yaxshiroq bilasan. Kiyinish xonasida yetakchilar kerak edi.

Ba’zi o‘yinchilarni tarkibga qo‘shdik va natijalar yaxshi ko‘rinish hosil qildi. O‘tgan yili ham yaxshi o‘ynagandik, umumiy hisobda ko‘proq ochko yiqqandik. O‘tgan yili viloyat hokimi maydonni yaxshilashga va’da bergandi. Bu yil jamoangiz shunday ajoyib maydonda o‘ynamoqda. Bu barcha uchun yaxshi holat", - dedi gruziyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze "Navbahor" muxlislariga: Qarsak chalishni o‘rganing