16:25 / 20.09.2019
2 489

Shahobiddin Zoirov finalga chiqdi

Shahobiddin Zoirov finalga chiqdi
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlariga start berildi.
-52 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov terma jamoa vakillaridan birinchi bo‘lib final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Fransiyalik Belal Bennama bilan bahs olib borgan Zoirov o‘zining aniq va kuchli zarbalari bilan raqibidan ustun ekanligini isbotlab berdi. Uch raund natijalariga ko‘ra, hakamlar bir ovozdan O‘zbekiston vakilini g‘olib deb topishdi (5:0).

U endi oltin medal uchun kechadigan bahsda Saken Bibissonov (Qozog‘iston) va Amit (Hindiston) o‘rtasidagi jang g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Kun davomida O‘zbekiston boks terma jamoasining yana 4 nafar vakili yarim final janglarini o‘tkazishadi:

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Erdenebat Tsendbaatar (Mo‘g‘uliston) (19:15)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Pet Makkormak (Angliya) (19:45)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Benjamin Uittaker (Angliya) (20:15)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Maksim Babanin (Rossiya) (20:45).

Final janglari 21 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahobiddin Zoirov finalga chiqdi