07:07 / 28.09.2019
2 276

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlik qiladi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasida Yaman bilan bahs olib boradi.
Mazkur o‘yin oldidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Iticket.uz kompaniyasi direktori Mirxosil Majidiy bilan uchrashuv o‘tkazdi va oldindagi o‘yin chiptalari savdosini amalga oshirish masalasini batafsil muhokama etib oldi.

Sir emaski, O‘zbekiston milliy terma jamoasining uy o‘yinlariga hamisha ko‘p sonli muxlislar tashrif buyuradi. Ammo oldingi yillarda ko‘p holatlarda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoa ishtirokidagi o‘yinlar uchun chiqarilgan chiptalarning olib-sotarlar qo‘lida qaytadan sotilishi muammosiga duch keldi. Natijada aksariyat ishqibozlar chiptalar oldi-sotdisi jarayonidan norozi bo‘lishdi.

Mana shu kabi xunuk holatlarning oldini olish, qolaversa muxlislar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, bu orqali esa chiptalarning shaffof savdosini ta’minlash maqsadida O‘FA Iticket.uz bilan milliy terma jamoa o‘yinlari chiptalari savdosini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

UYeFA hamda FIFA tasarrufidagi musobaqalarda ham rasmiy chipta operatori sifatida faoliyat olib borgan va bu borada ulkan tajribaga ega mazkur kompaniya O‘zbekiston – Yaman uchrashuvi chiptalarining to‘liq savdosi bilan shug‘ullanadi.

Endilikda ishqibozlar vaqtlarini ketkazmay, stadion kassalarida uzundan-uzun navbatlarda turmasdan, uydan chiqmagan holda ham elektron shaklda chiptalar harid qilish imkoniga ega bo‘lishadi.

Muxlislar o‘yin chiptalarini Iticket.uz ning shahobchalaridan, “Paxtakor” stadioni kassalaridan hamda onlayn tarzda Iticket.uz saytidan ham harid qilishlari mumkin bo‘ladi. O‘zbekiston – Yaman uchrashuvi chiptalari 3 oktyabr sanasidan boshlab sotuvga chiqariladi.

Ta’kidlab o‘tamiz, JCh-2022 saralashining 2-bosqich 3-turi doirasidagi O‘zbekiston – Yaman uchrashuvi 10 oktyabr kuni poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 17:00da boshlanadi.

Batafsil ma’lumotni Iticket.uz saytidan olishingiz mumkin.

Manba: O‘FA Matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlik qiladi