Foto: championat.asia
O‘zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga Bundesliga klublaridan takliflar bo‘layotgani haqida manbalarimiz xabar bermoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi ixtiyoriga bugun yetib kelgan Eldor Shomurodov saytimizga intervyu berdi va qator savollarga javob izlashga urinib ko‘rdik.
Xususan "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov unga bo‘layotgan qiziqish va takliflar haqidagi savolga ham javob berdi.
"Ochig‘i, Germaniyaning Bundesliga jamoasidan qiziqish bo‘layotgani haqida eshitdim. Aynan qaysi klub ekanligini bilmayman.
Ayni paytda barcha diqqat e’tiborim faqat va faqat "Rostov"ga qaratilgan. Chempionat yakuniga qadar boshqa taklif yoki qiziqishlarga chalg‘imoqchi emasman.
"Shalke" yoki "Manchester Yunayted"? To‘g‘risi, tanlash kerak bo‘lsa, MYuga o‘tmasdan Bundesligaga borardim. Chunki hali o‘zimni katta jamoa darajasiga chiqdim, deya o‘ylamayman. Bunday jamoaga tayyor holatda o‘tish lozim. Yuqori saviyaga chiqish uchun vaqt talab etiladi. "Manchester Yunayted" ham yaxshi. Lekin Bundesligada o‘ynashni afzal ko‘rardim", - dedi Shomurodov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi