10:28 / 04.12.2019
2 381

“Bunyodkor” safini ikki futbolchi tark etdi

“Bunyodkor” safini ikki futbolchi tark etdi
Yarim mavsum davomida “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan ukrainalik Yevgeniy Chumak hamda rossiyalik Dmitriy Ostrovskiy “qaldirgʻochlar”ni tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Klub rahbariyati legionerlar bilan uchrashdi. Oʻzaro suhbatdan soʻng futbolchilar jamoa bilan doʻstona kayfiyatda xayrlashdi. Aytish kerak, “Bunyodkor” har ikkala legionerga ham shartnomada koʻrsatilgan oylik-maoshlarni toʻlab berdi. Yaʼni, klubning futbolchilar oldida qarzi yoʻq.

Yevgeniy Chumak: - Ochigʻi, shunday sharoitga ega klubda toʻp surganimdan xursandman. Akademiya, maydonlar, asosiy stadion – toʻgʻrisi, ilk bor koʻrganimda shok holatiga tushgan edim. “Bunyodkor”ni Chempionlar Ligasining saralash bosqichiga yoʻl olgani bilan tabriklayman! Jamoa guruh bosqichiga chiqishi tilakdoshiman!

Dmitriy Ostrovskiy: - Avvalo klubda ishlayotgan barchaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman, xususan murabbiylar shtabiga. Ular bilan yaxshi davrlarni oʻtkazdim. “Bunyodkor”da murabbiylardan tortib, shifokoru, uqalovchilargacha hamma oʻzining ishini ustasi ekan. Shuning uchun bu yerda oʻtkazgan vaqtimga achinmayman. Rahbariyat oylik-maoshlarimizni berib, biz bilan hisob-kitob qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bunyodkor” safini ikki futbolchi tark etdi