09:13 / 17.12.2019
2 457

FIFA Blatter va Platinini sudga berdi

FIFA Blatter va Platinini sudga berdi
Foto: Getty Images
16 dekabr kuni FIFA tashkilot sobiq rahbari Yozef Blatter va sobiq vitse-prezidenti Mishel Platini ustidan Shveysariya sudiga murojaat qildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi.

FIFA 2011 yilda fransuzga asossiz to‘langan 2 million yevroni qaytarishni talab qilmoqda. Hattoki Shveysariya Federal Oliy sudi 2 million yevro miqdoridagi ushbu sovg‘ani «asossiz to‘lov» deya hisoblanishini tasdiqladi.

Sud hukmi bilan ikki million yevro sobiq rahbarlar tomonidan qaytarib berilsa, qaytarilgan mablag‘ foizlar, qo‘shimcha intizomiy xarajatlar va jarimalar ko‘rinishida birinchi navbatdagi FIFAning futbolni rivojlantirish dasturiga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Yozef Blatter va Mishel Platini 2015 yilda 8 yilga futbolga aloqador ishlardan chetlatilgandi. Keyinchalik bu muddat 6 yilga qisqartirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA Blatter va Platinini sudga berdi