Aroqchi: Eronda yangi Oliy rahbar muammosiz ishlaydi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi mamlakatda yangi Oliy rahbar masalasi yuzasidan hech qanday muammo yo‘qligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, yaqin vaqt ichida bu holat barchaga ayon bo‘ladi.
Vazirning aytishicha, Rossiya va Xitoy Eronning asosiy strategik sheriklari hisoblanadi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlar bilan turli sohalardagi hamkorlik, jumladan harbiy yo‘nalishdagi aloqalar ham izchil davom etmoqda.
Aroqchi fikricha, hozirgi urushni Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroil boshlagan va bu harakat xalqaro miqyosda qoralanishi kerak. Uning ta’kidlashicha, Eron o‘z harakatlarini «qonga qon, jonga jon» tamoyili asosida amalga oshirmoqda.
Shuningdek, vazir Xarg va Abu Musa orollariga Birlashgan Arab Amirliklari hududidan — Ras al-Xayma mintaqasi hamda Dubay atrofidan reaktiv tizimlar orqali zarbalar berilganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni davlatlar hududidan Eronga qarshi hujumlar uyushtirish mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi va bunday harakatlar, ayniqsa aholi zich joylashgan hududlarda juda xavfli hisoblanadi.
Aroqchi ta’kidlashicha, Eronning siyosiy tizimi barqaror bo‘lib, u alohida shaxslarga bog‘liq emas. Uning aytishicha, Oliy rahbar halok bo‘lganidan keyin ham davlat boshqaruv tizimi odatdagidek ishlashda davom etmoqda.
Shu bilan birga, vazir Eron yadroviy bomba yaratishni rejalashtirayotgani haqida hech qachon bayonot bermaganini ham alohida ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!