date

Eron Xo‘rmuz bo‘g‘ozi dushman davlatlar kemalariga yopiqligini bildirdi

Eron Xo‘rmuz bo‘g‘ozi dushman davlatlar kemalariga yopiqligini bildirdi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Xo‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat yuzasidan bayonot berib, mazkur strategik yo‘lak orqali xalqaro kemalar harakati davom etayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muhim dengiz yo‘li asosan ochiq bo‘lib, faqat ayrim davlatlarga tegishli kema va tankerlar uchun cheklovlar joriy qilingan.

Aroqchi MS Now telekanaliga bergan intervyusida Xo‘rmuz bo‘g‘ozi orqali hozir ham ko‘plab tankerlar va savdo kemalari erkin harakatlanayotganini qayd etdi. Biroq u ayrim davlatlarga tegishli kemalar uchun bu yo‘lak yopiq ekanini bildirdi.

“Xo‘rmuz bo‘g‘ozi orqali ko‘plab tanker va kemalar o‘tmoqda. U faqat Amerika va Isroilga tegishli kema hamda tankerlar uchun yopiq”, — dedi vazir.

Shu bilan birga, Eron rasmiysi boshqa davlatlar tomonidan mintaqadagi dengiz xavfsizligi yuzasidan bildirilayotgan xavotirlar Tehron siyosati bilan bog‘liq emasligini alohida ta’kidladi. Uning aytishicha, Eron tomonidan faqat mamlakatga qarshi harakat qilayotgan davlatlar va ularning ittifoqchilariga nisbatan cheklovlar qo‘llanilmoqda.

“Aslida Xo‘rmuz bo‘g‘ozi ochiq. Faqat bizning dushmanlarimizga tegishli tanker va kemalar uchun yopiq. Bizga qarshi hujum qilayotganlar hamda ularning ittifoqchilari uchun. Qolgan barcha davlatlar kemalari esa bu yo‘lakdan bemalol foydalanishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumki, Xo‘rmuz bo‘g‘ozi jahon neft tashuvining muhim qismi o‘tadigan strategik dengiz yo‘li hisoblanadi. Shu bois, bu hududdagi har qanday siyosiy yoki harbiy keskinlik xalqaro energetika bozori va global savdo yo‘llariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron Xo‘rmuz bo‘g‘ozi dushman davlatlar kemalariga yopiqligini bildirdi