07:00 / 22.12.2019
2 288

Nurillo To‘xtasinov: U-23 Osiyo chempionatida xalqimizni chiroyli g‘alabalar bilan xursand qilishga harakat qilamiz

Nurillo To‘xtasinov: U-23 Osiyo chempionatida xalqimizni chiroyli g‘alabalar bilan xursand qilishga harakat qilamiz
Bilasiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yanvar oyida Tailand mezbonlik qiladigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz hozirda BAAning Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.

Terma jamoamiz yarim himoyachisi Nurillo To‘xtasinov O‘FA rasmiy saytiga tayyorgarlik jarayoni haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

- Musobaqaga borgan sayin oz vaqt qolyapti. Kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar olib boryapmiz. Tayyorgarlik yuqori darajada, deya olaman. Jamoamizda kayfiyat a’lo darajada, hamma yigitlar mashg‘ulotlarda qattiq ter to‘kishyapti.

Qit’a chempionatida oson o‘yinlar bo‘lmaydi. Lekin biz har bir uchrashuvda xalqimizni xursand qilish, ularga chiroyli g‘alabalar taqdim etish uchun bor mahoratimizni ishga solamiz. Har bir o‘yinda terma jamoamizga maksimal foyda keltirishga urinamiz, - deya ta’kidladi mahoratli futbolchi.

Manba: ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurillo To‘xtasinov: U-23 Osiyo chempionatida xalqimizni chiroyli g‘alabalar bilan xursand qilishga harakat qilamiz