Aroqchi: Evin qamoqxonasidagi AQSH fuqarolariga tahdid nimaga bog‘liq?

Eron rasmiysi Abbos Aroqchi Amerika telekanallaridan biriga bergan intervyusida Tehronda saqlanayotgan AQSH fuqarolari haqidagi savolga javob berdi.
Suhbat davomida boshlovchi Evin qamoqxonasida hozirda to‘rt nafar Amerika fuqarosi saqlanayotganini eslatib, ularning xavfsizligi ta’minlanganmi yoki yo‘qmi, degan savolni o‘rtaga tashladi.
Bu savolga javob bergan Abbos Aroqchi ularning xavfsizligi ayrim omillarga bog‘liq ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar tashqi hujumlar sodir bo‘lmasa, mahbuslar uchun xavf tug‘ilmaydi.
«Agar AQSH va Isroil bizning qamoqxonalarimizni bombalamasa, ular xavfsiz bo‘ladi», — dedi Aroqchi.
Ma’lumki, Evin qamoqxonasi Eron poytaxti Tehronda joylashgan bo‘lib, mamlakatdagi eng mashhur va qat’iy tartibli qamoqxonalardan biri hisoblanadi. U yerda turli jinoyatlarda ayblangan mahalliy va xorijlik fuqarolar saqlanadi.
Eron rasmiysining mazkur bayonoti esa ushbu masaladagi vaziyatga yanada oydinlik kiritgani aytilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!