Kubada hukumatga qarshi ommaviy noroziliklar kuchaymoqda

AQSh tomonidan qo‘llanilgan uch oylik neft blokadasi natijasida Kuba gumanitar falokat chegarasiga yetdi. Elektr ta’minotidagi uzilishlar sutkasiga 15 soatgacha davom etmoqda, ish jarayonlari izdan chiqdi va oziq-ovqat tanqisligi keskin sezilmoqda.
Bunga norozi bo‘lgan namoyishchilar mamlakatning bir necha hududlarida hukmron Kommunistik partiya bo‘limlarini vayron qilgan. Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel fuqarolarning noroziligini tushunganini bildirgan, ammo vandalizmga toqat qilmasligini ta’kidlagan.
Energetik inqiroz Gavanani Vashington bilan muzokaralar boshlashga majbur qildi. AQSh va Kuba o‘rtasida muloqot yo‘lga qo‘yilganini ikki tomon ham tasdiqlagan. Kuba prezidenti ehtimoliy vorisi sifatida Raul Kastroning nabirasi Raul Gilermo Rodriges Kastro ham muzokaralarda ishtirok etmoqda.
Avvalroq, Donald Tramp AQSh bilan hamkorlik qilmasa, kuch ishlatish ehtimolini istisno qilmagandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!