18:30 / 22.12.2019
2 762

Davron Fayziyev: "Tottenxem" - "Chelsi" o‘yini keskin burilishlardan iborat

Davron Fayziyev: "Tottenxem" - "Chelsi" o‘yini keskin burilishlardan iborat
Bugun Angliya chempionati 18-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" - "Chelsi" uchrashuvi o‘tkaziladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi. Ushbu bahsni Davron Fayziyev sharhlab boradi.

Davron Fayziyev telegramdagi o‘zining sahifasida o‘yindan oldingi fikrlari, bu uchrashuvning ahamiyati borasida so‘z yuritdi.

- Sizni bilmadimu, lekin menda Joze Mourino ishlagan klublari eslanganda baribir birinchi bo‘lib "Chelsi" ko‘z oldimga keladi. Qandaydir bir-biriga mos edi ular. Ayniqsa, ikkisida ham keskin ko‘tarilish davriga to‘g‘ri kelgan birinchi munosabatlar paytida. Vaqt o‘tdi. Ular o‘zgardi. Aylanib kelib London derbisida Mourino "Chelsi"ga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. Bu o‘yin ana shunday keskin burilishlardan iborat.

"Tottenxem"da super-kuchayish kuzatilmoqda, yana bitta yutsa kuchli to‘rtlikda bo‘ladi. "Chelsi"da esa buning aksi. Lempard hamon sozlash ishlari bilan band, oxirgi va eng muhim funksiya qoldi - barqarorlik! Bu uchrashuvga “ustoz-shogird bahsi” deb ta’rif bersa ham bo‘ladi. Mourino sobiq klublariga o‘z maydonida yutqazmagan ekan. Demak, "Tottenxem" - "Chelsi" derbisini birgalikda kuzatamiz
, - dedi Davron Fayziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: "Tottenxem" - "Chelsi" o‘yini keskin burilishlardan iborat