Nilufar Usmonova yana bir yoshni qarshi oldi (video)

Nilufar Usmonova o‘zining Instagram sahifasi orqali muxlislari bilan quvonchli yangilikni bo‘lishdi. Xonanda 6 aprel kuni 39 yoshni qarshilab, tug‘ilgan kunini yaqinlari davrasida keng nishonladi.
Ijtimoiy tarmoqqa joylangan lavhalardan ko‘rinishicha, bayram samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan. Xonandaning yaqinlari, jumladan bolalikdagi do‘sti Jamshid Bobojonov hamda hamkasblari uni o‘ziga xos tarzda tabriklab, kutilmagan syurprizlar uyushtirishgan.
Tadbir davomida xonandaga gullar, qimmatbaho sovg‘alar va taqinchoqlar taqdim etildi. Xonandaning qizi ham onasini tabriklab gul taqdim etdi.
Shuningdek, kecha davomida turli o‘yin-kulgilar tashkil etilib, yig‘ilganlar uchun unutilmas lahzalar yaratildi. Videolardan ma’lum bo‘lishicha, bayram yaqinlar davrasida ajoyib, quvnoq va esda qolarli muhitda o‘tgan.
Muxlislar ham ijtimoiy tarmoqlarda xonandani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga iliq va samimiy tilaklar bildirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Nilufar Usmonova 1987 yil 6 aprel kuni tavallud topgan. U bugungi kunda 5 nafar — 3 o‘g‘il va 2 qiz farzandning mehribon onasi hisoblanadi.