Yangi avlod ayfonining taqdimotiga bir oydan kamroq vaqt qolmoqda. Bu galgi "olma" smartfonlari yupqa romli OLED-displey, AR/VR texnologiyalari, simsiz quvvatlash va qiyofani skaner qilish texnologiyalariga egaligi bilan o‘ziga xos bo‘ladi. Biroq, Apple navbatdagi ayfon modelini qanday nomlashi hozirgacha sir bo‘lib qolmoqda.
Insayder va marketologlarning fikricha, jahonning eng qimmat kompaniyasi unga daromad keltirgan iPhone brendining 10 yilligini shunchaki kutib olmaydi. Ba’zi ekspertlarning fikricha, bu yil Apple 8-avlod iPhone'ni emas, birato‘la "iPhone X Edition" nomli yubiley ayfonni ishlab chiqaradi. Quyida esa ushbu ayfon tushirilgan deb taxmin qilinayotgan qadoqni ko‘rishimiz mumkin.
Bu qadoq internet tarmog‘idagi shunchaki soxta suratlardan biri bo‘lmasligi ham mumkin. Boisi, uni taniqli insayder, @Slashleaks Twitter-kanali tarqatgan.
Suratdagi smartfon yangi avlod ayfonlari to‘g‘risida ma’lum qilinayotgan jihatlarga o‘xshash. Qadoq esa sifatli va Apple'ga xos. Shuningdek, internetda iPhone X Edition'ga xos fon surati ham tarqalgan.
Manba: Terabayt.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi