11:15 / 09.12.2017
5 210

Instagram shaxsiy messenjerini sinovdan o’tkazmoqda

Instagram shaxsiy messenjerini sinovdan o’tkazmoqda
Mashhur Instagram ijtimoiy tarmog’i Direct nomli shaxsiy messenjerini omma e’tiboriga havola etishni rejalashtirmoqda.

Xabarda keltirilishicha, ilova ayni paytda Isroil, Italiya, Portugaliya, Turkiya, Chili va Urugvaydagi internet foydalanuvchilari tomonidan sinovdan o’tkazilyapti.

“Agar siz Directni o’rnatib olsangiz, Instagram sahifasidagi kirish xabarlari papkasi yo’qoladi va unga faqat xabar almashish ilovasidan kirsa bo’ladi” deyiladi xabarda.

Ayni paytda ilovaning rasmiy ravishda taqdim etilish sanasi e’lon qilinganicha yo’q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram shaxsiy messenjerini sinovdan o’tkazmoqda