Jek Dorsi. Foto: «NV.ua»
«Twitter» ijtimoiy tarmog‘i bosh direktori Jek Dorsi noutbukdan foydalanmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u Sidneyda bo‘lib o‘tgan anjumanda so‘zlab bergan, deb xabar beradi «Xabar» nashri.
Yangiliklar muxbiri Deb Nayt tomonidan onlayn-xavfsizlik masalasida bergan savoliga javoban «mening noutbugim yo‘q, men doim barcha ishni smartfonimda bajaraman», — degan Dorsi. O‘z savolida Nayt «Facebook» asoschisi Mark Sukerberg o‘z noutbugini veb-kamerasini yarishib qo‘yganligini misol qilib keltirgan.
Dorsi klaviaturadan foydalanish o‘rniga, ovozli xabarlarni matnga o‘giradigan funksiyalarni ma’qul ko‘radi. Biroq Dorsi noutbukdan xavfsizlik nuqtai nazaridan emas, balki shunchaki ish va yashash tarzida smartfonga o‘rganib qolganligi uchun undan foydalanmaydi.
«O‘ylashimcha, bularning barchasi bizning vaqtimizni o‘g‘irlaydi. Bizda mavjud qurilmalarda ko‘plab qiziqarli narsalar bor, shu sababli unga «o‘ralashib» qolish mumkin. Shundan kelib chiqib shaxsiy tajribamda hech qachon ertalab turishim bilan telefonimni tekshirib ko‘rmayman, avval ishga boraman. Shuningdek, boshqalardan keladigan xabarlar ovozini o‘chirib qo‘yganman», — deydi Dorsi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi