15:00 / 30.11.2016
6 180

HTC Camera ilovasiga panoramali selfi funksiyasi qo‘shildi

HTC Camera ilovasiga panoramali selfi funksiyasi qo‘shildi

Panoramali selfi funksiyasi ilk bora bundan bir necha hafta ilgari taqdim etilgan HTC Bolt smartfonida paydo bo‘lgan edi. Endilikda mazkur kerakli funksiyadan HTC Camera ilovasi orqali boshqa HTC markasidagi smartfonlarda ham foydalanish mumkin bo‘ladi, deya yozmoqda Terabayt.uz nashri.

Xabar sarlavhasidan anglaganingizday, ushbu funksiyani smartfonning old kamerasida ishlatish mumkin. Mazkur yangilikdan tashqari, HTC Camera ilovasiga Pro rejimi uchun oldindan sozlanadigan parametrlar va bir qator tizim samaradorligini oshiradigan tuzatishlar qo‘shilgan. Ilovani Google Play resursidan bepul yuklab olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » HTC Camera ilovasiga panoramali selfi funksiyasi qo‘shildi