Xiaomi kuchli prosessor va kamerali Mi 6’ni taqdim qiladi

  • 05 mart 2017, 07:59
  • 5 363
  • Texnologiya
  • Xiaomi kuchli prosessor va kamerali Mi 6’ni taqdim qiladi

    Xitoyning Xiaomi kompaniyasi keyingi oyda o‘zining navbatdagi flagman smartfoni bo‘lmish Xiaomi Mi 6 devaysini namoyish qiladi. Uning keramika mahsulotidan ishlab korpus versiyasi ham bo‘ladi.

    Mazkur smartfon 6 gigabaytli tezkor xotira va 128 GB flesh-xotira bilan ta’minlanadi. Bu haqda Gizmochina insayderiga tayanib Terabayt ma’lumot berdi.

    Ishonchli manbaaning xabar berishicha, Xiaomi flagmanni 16 aprelda taqdim qiladi va shu oydan sotuvga chiqaradi. Mi 6 jahonning eng kuchli prosessori bo‘lgan Snapdragon 835’da faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, uning 5,2 dyuymli displeyi 2.5D effektiga ega himoya shishasi bilan qoplanadi.

    Shuningdek, Mi 6 yaqindagina taqdim qilingan Sony Xperia XZ Premium’da o‘rnatilgan kamera texnologiyasiga ega bo‘ladi. Ya’ni, gadjet 19 megapikselli, 1/2,3 dyuymli sensor, lazerli avtofokus hamda f/2.0 turidagi yorug‘lik o‘tkazuvchi optik pribor bilan ta’minlanadi.

    Shuningdek, Xiaomi Mi 6’ning standart talqini 4 GB operativ, 32 yoki 64 GB doimiy ichki xotiraga ega bo‘ladi.

    Ekspert va tahlilchilarning fikricha, flagmanlarga ham etakchi raqiblariga qaraganda 2 barobar arzon narx qo‘yadigan Xiaomi kompaniyasi Mi 6’ning bazaviy talqinini $290, yuqori talqinini $362 dollardan sotuvga chiqaradi.

    Fevral oyi yakunida xitoylik ishlab chiqaruvchi Xiaomi o‘zining shaxsiy prosessori bo‘lmish Surge S1 prosessorida ishlaydigan Xiaomi Mi5C smartfonini namoyish qilgan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xiaomi kuchli prosessor va kamerali Mi 6’ni taqdim qiladi