07:58 / 19.03.2017
5 269

Chrome, Opera va Firefox’da saytlarning qalqib chiquvchi bildirishnomalarini o‘chiramiz

Chrome, Opera va Firefox’da saytlarning qalqib chiquvchi bildirishnomalarini o‘chiramiz

Qaysidir saytda bir zamonlar bildirishnomalarga a’zo bo‘lib qo‘ygansiz-u, endi kerak bo‘lmasayam u qalqib chiqaverib g‘ashingizga tegyaptimi? Balki, shunaqa qalqib chiquvchi bildirishnomalarni umuman chiqmaydigan qilib qo‘yish kerakdir?

Shuni eng ommalashgan uchta brauzerda qanday amalga oshirishni quyida ko‘rib chiqamiz.

Chrome

1) Brauzer sozlamalarini oching.
2) Eng pastidagi, qo‘shimcha sozlamalarni ko‘rsatuvchi «Pokazat dopolnitelnыe nastroyki» bandini tanlang.

3) Shaxsiy ma’lumotlar sozlamalarini ko‘rsatuvchi «Lichnыe dannыe» bo‘limi bor. Undagi «Nastroyki kontenta» tugmachasini bosing.

4) Ko‘z oldingizda qalqib chiquvchi oyna namoyon bo‘ladi. Undagi «Opoveщeniya» bo‘limini toping.

5) Shu kabi bildirishnomalarni saytlar sizga umuman ko‘rsatmasligini istasangiz, ularni taqiqlovchi «Ne pokazыvat opoveщeniya na saytax» opsiyasini tanlang.
6) Agar qachonlardir biror sayt sizga bildirishnomalarni ko‘rsatishiga ruxsat bergan bo‘lsangiz va hozir faqat shuni bekor qilishni istasangiz, u holda «Nastroit isklyucheniya»ni tanlang. Shu erda istalgan saytni qo‘shish yoki o‘chirish mumkin.

Jonga teguvchi bildirishnomalardan qutulishning yanada sodda yo‘li ham bor. Qaysi saytga bergan ruxsatingizni bekor qilmoqchi bo‘lsangiz, o‘sha saytni oching, manzil qatoridagi eng chapdagi belgichani bosing. Ko‘z oldingizda sahifaning «shaxsiy» sozlamalarining katta menyusi ochiladi.

Undan «Opoveщeniya» opsiyasini toping va kerakli o‘zgarishlarni kiriting – olam guliston!

Opera

Mazkur brauzer asosida ham xuddi Chrome’dagi kabi «motor» yotadi. Shu bois bu ikkalovining sozlamalari ham o‘zaro o‘xshashroq. Faqat bandlarning nomlanishi farq qiladi. Xullas…

1) Brauzer sozlamalarini oching.
2) «Saytы» sahifasiga o‘ting. Sizga kerakli «Uvedomleniya» bo‘limi aynan shu erda joylashgan.

3) Qaysi saytlardagi yangilanishlar, bildirishnomalar kelib turishini taqiqlamoqchi bo‘lsangiz, o‘shalarni o‘chiring. Shuningdek, xuddi shu erdan barcha saytlar uchun bildirishnomalarni ko‘rsatishni birdaniga taqiqlab qo‘yish ham mumkin.

Firefox

Firefox brauzerida ham bildirishnomalarning aks ettirilishini sozlash mumkin. Dastur sozlamalarini oching, keyin esa «Soderjimoe» varaqasiga o‘ting. Mana shu erdan, qaysi saytlar sizga bildirishnomalarni ko‘rsatishi mumkinligi, qaysilariga mumkin emasligini belgilab qo‘yasiz.

Xuddi shu harakatni manzil panelidagi belgicha yordamida ham amalga oshirish mumkin. O‘sha erdagi «i» harfi shaklidagi belgichani bosing va hozir o‘zingizda ochiq turgan shu sayt uchun ruxsat/taqiqlarni belgilab qo‘ying.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Chrome, Opera va Firefox’da saytlarning qalqib chiquvchi bildirishnomalarini o‘chiramiz