Beeline abonentlari ijtimoiy tarmoqlaridagi shaxsiy akkauntlarini bepul SMSlar yordamida boshqarishlari mumkin

  • 04 iyun 2015, 11:07
  • 6 169
  • Texnologiya
  • Beeline abonentlari ijtimoiy tarmoqlaridagi shaxsiy akkauntlarini bepul SMSlar yordamida boshqarishlari mumkin

    4 iyun 2015, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline Facebook, «Moy mir» va Twitter ijtimoiy tarmoqlarining servislarini SMS orqali, Internetga kirishdan qat’iy nazar boshqarish imkoniyati haqida eslatib o‘tadi.

    «SMS orqali Tvitter» xizmatidan START so‘zi bilan SMSni 89338 raqamiga yuborgan holda, raqamni ro‘yhatdan o‘tkazgandan so‘ng foydalanish mumkin. Aktivasiyadan so‘ng abonent mikroblogdagi o‘zining akkauntini boshqarishi, xabarlar bilan yozishishi, tanlangan foydalanuvchilarning tvitlari bilan SMSlar, eslatmalar va shaxsiy xabarlar to‘g‘risida xabarnomalar olishi mumkin bo‘ladi.

    «SMS orqali Facebook» xizmatini http://www.facebook.com/mobile/?settings manzili bo‘yicha o‘tgan holda faollashtirish mumkin, bu SMS-xabarnomalar ko‘rinishida qiziqarli voqealar haqida ma’lumotni olishga imkon yaratadi. Shu bilan birga, 32665 qisqa raqamiga SMS yuborish orqali o‘z shaxsiy maqomingizni yangilashingiz, “devorda” yozishingiz, shaxsiy xabarlarni va ko‘plab boshqa narsalarni yuborishingiz mumkin.

    Mobil telefoningizga “Moy mir” ijtimoiy tarmog‘idagi yangi xabarlar va do‘stlaringizning gaplari haqidagi xabarnomalarni olishni va ularga javob berishni, “SMS-Moy Mir@Mail.ru xabarnomasi” xizmatga ulangan tarzda SMS-xabarlar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun my.mail.ru ijtimoiy tarmog‘ining saytida ro‘yhatdan o‘tib, “Mening sozlashlarim” bo‘limida “Xabarnomalar” xizmatini topib, hamda u erda o‘zingizning telefon raqamingizni ko‘rsatishingiz zarur bo‘ladi. Ushbu xizmat doirasidagi barcha xabarnomalar, bir hafta davomida faol bo‘lgan manba ko‘rsatkichi aks etgan, oddiy SMS-xabarlar sifatida saqlanib turadi. Javob SMSlarni 7761 qisqa raqamiga yuborgan holda Shaxsiy xabarlarga javob berish mumkin.

    Xizmatlarga ulanish bepul, kirish SMSlari uchun to‘lov olinmagandek, abonent to‘lovi ham olinmaydi. Chiqish SMSlarning qiymati – $0,02.

    Batafsil ma’lumot quyidagi manzil bo‘yicha: mobile.beeline.uz/ru/main/services/index.wbp

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Beeline abonentlari ijtimoiy tarmoqlaridagi shaxsiy akkauntlarini bepul SMSlar yordamida boshqarishlari mumkin