
“Novaya Gazeta Yevropa” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida o‘tishi rejalashtirilgan Davlat kengashi yig‘ilishida shaxsan ishtirok etishni maqsad qilgan. Shu bois u 24 dekabr kuni Moskva shahriga yetib kelgan.
Biroq 24 dekabrdan 25 dekabrga o‘tar kechasi Qodirovning salomatligi keskin yomonlashgan. Manbalarga ko‘ra, u shoshilinch tarzda reanimobil orqali Prezident administratsiyasiga qarashli Markaziy klinik shifoxonaga olib borilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Davlat kengashi yig‘ilishida Checheniston vakilining qatnashishi uchun hech qanday zaxira variant ko‘zda tutilmagan. Shu sababli mazkur yig‘ilish respublika rahbarisiz o‘tgan.
Qodirovga yaqin manbaning ta’kidlashicha, Moskvada shifokorlar uning ahvolini zo‘rg‘a barqarorlashtirishga erishgan. Shundan so‘ng u uyiga qaytgan, ammo o‘shandan beri jamoatchilik oldida deyarli ko‘rinmagan.
Avvalroq ham “Novaya Gazeta Yevropa” manbalariga tayanib, Checheniston rahbarining sog‘lig‘i kun sayin og‘irlashib borayotgani haqida xabar qilingan edi. Nashrning yana bir manbasi esa vaziyat yuzasidan “ijobiy yakun bo‘lishiga deyarli umid qolmadi”, deya fikr bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.