date

Telegram Android uchun iOS uslubidagi yangi dizaynni sinovdan o'tkazmoqda

Telegram Android uchun iOS uslubidagi yangi dizaynni sinovdan o'tkazmoqda

Telegram’ning Android ilovasi iOS operatsion tizimi uslubiga yaqinlashtirilgan yangilangan dizayn bilan chiqishi kutilmoqda. Bu haqda “Kod Durova” nashri xabar berdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Asosiy o‘zgarishlardan biri — ilovadagi yon tomondan ochiladigan menyu (shtorka)dan voz kechilgani. Uning o‘rniga ekranning pastki qismida suzuvchi panel paydo bo‘lib, unda “Kontaktlar”, “Qo‘ng‘iroqlar”, “Chatlar” va “Profil” kabi asosiy bo‘limlar jamlangan.

Yangilangan interfeys iOS versiyasiga yanada o‘xshash bo‘lib qoldi: foydalanuvchi profillarida tezkor amallar tugmalari qo‘shilgan, sozlamalar bo‘limida esa rangli ikonlar paydo bo‘lgan.

Hozirgi beta talqinda ayrim interfeys elementlari hamda qidiruv satri hali ingliz tilida ko‘rinmoqda. Yangi dizaynning barcha foydalanuvchilar uchun rasmiy chiqish sanasi aniq aytilmagan, biroq yangilanish yaqin kunlarda ommaga taqdim etilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Telegram Android uchun iOS uslubidagi yangi dizaynni sinovdan o'tkazmoqda