
Parijlik Smartlet startapi aqlli soatni mexanik soat ostiga yashirish imkonini beruvchi ikki qavatli remeshokni taqdim etdi, deb vc.ru xabar berdi. Mahsulot Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan Consumer Electronics Show ko‘rgazmasida namoyish qilindi.
Remeshok zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, unga bir vaqtning o‘zida mexanik soat va aqlli soat yoki fitnes-treker o‘rnatish mumkin. U klassik soat ko‘rinishini va raqamli funksiyalarni birlashtirishni istaganlar uchun ishlab chiqilgan.
Smartlet remeshogi Apple Watch, Samsung Galaxy Watch, Google Pixel Watch, Garmin, Fitbit Charge va Whoop qurilmalari bilan mos keladi. Mexanik soatlar esa 18–24 mm kenglikda bo‘lishi lozim, Rolex, Omega, Tudor va TAG Heuer ham mos keladi.

Mahsulot narxi 418 dollar bo‘lib, bu qariyb 5,2 million so‘mga teng. Cnet’ning yozishicha, remeshok amalda biroz noqulay va pastki qismdagi ekran tezroq tirnalishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.