11 yoshli amerikalik Ruben Pol istalgan predmetni smartfon va Bluetooth yordamida qurolga aylantirish mumkin, deb hisoblaydi. U bu haqda Niderlandiyadagi One Conference 2017 kiberxavfsizlik bo‘yicha konferensiyada aytib o‘tdi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
O‘zining tezisini namoyish etish uchun bola sahnaga WiFi yoki Bluetooth’ga ulanish mumkin bo‘lgan yumshoq ayiqchani olib chiqdi. Keyin Raspberry Pi va o‘zining noutbuki yordamida zalda Bluetooth yoqilgan smartfonlarning barchasiga ulandi.
Pol 10 tacha telefon raqamini olib, o‘zining ayiqchasiga bog‘landi va unda chiroqni yoqdi hamda ovozli xabar yozdi. Shu yo‘l bilan u Bluetooth orqali foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashi yoki uni GPS bo‘yicha kuzatishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Axborot texnologiyalari bo‘yicha ishlaydigan Rubenning otasi so‘zlariga qaraganda, bola 6 yoshligidayoq mazkur sohaga qiziqa boshlagan. Hozirda oila bolaga CyberShaolin notijorat tashkilotiga asos solishga yordam bergan. Uning maqsadi kattalar va bolalarni kiberxavfsizlikning muhimligi haqida axborot berishdan iborat.
Bundan tashqari, Rubenning kung-fu bo‘yicha qora belbog‘i bor. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi