14:02 / 17.02.2018
8 105

«Telegram» asoschisi Durov milliarderga aylandi

«Telegram» asoschisi Durov milliarderga aylandi
«Telegram» asoschisi Pavel Durovning boyligi 1,7 milliard dollarga yetdi. Bu haqida «Forbes» jurnalining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Xabarda «Eng konservativ ko‘rsatkichlar ham «Telegram» messenjeri bir milliard dollar turishini, uning egasi Pavel Durov esa dollar milliarderi ekanligini ko‘rsatmoqda» deyiladi. 2016 yilning fevral oyida Durov «Telegram» auditoriyasi 100 milllionga yetganini, 2018 yilning 1-choragigacha bu raqam 200 millionga yetishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Joriy yilning yanvar oyida «TechCrunch» nashri «Telegram»ning sotilish qiymatini 500 million dollar deb baholagandi.

Rossiyalik dasturchi, biznesmen Pavel Durov mashhur «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘ining ham asoschilaridan biri sanaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Telegram» asoschisi Durov milliarderga aylandi