Achchiqlanish bizni nafaqat atrofdagi odamlarga o‘dag‘aylashga majbur qiladi, balki bizning ichki, jismoniy holatimizda ham o‘z aksini topadi. Salbiy hissiyotlar jo‘sh urganda qaysi a’zolar aziyat chekadi?
Miya
Ma’lum bo‘lishicha, g‘azablanish natijasida bizning qonimiz qaynash o‘rniga ivir ekan. Garvarddagi sog‘liqni saqlash maktabida o‘tkazilgan tekshirishlarga ko‘ra, tomirda ivib qolgan qonlar keltirib chiqaradigan ishemik hujum xavfi g‘azab alangasidan bir necha soatdan keyin uch martaga oshar ekan.
Yurak
Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, 2 soat davom etgan o‘z salbiy hissiyotlarini nazorat qilolmaslik holati infarkt xavfini 8,5 marta oshirar ekan. Shuningdek, ko‘proq kelishmovchilik holatiga g‘azabli munosabat bildiruvchi kishilar yuqori qon bosimi, ko‘krak qafasidagi og‘riq va boshqa yurak-tomir tizimi muammolari bilan bog‘liq kasalliklarga duchor bo‘lishar ekan.
Teri
Yuzning jahldan qizarishi teri holatiga zarar yetkazadi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, bunday holat terini atopik dermatit xurujigacha olib kelar ekan.
O‘pka
Yuqori “qaynash darajasi” va g‘azabni boshidan kechirgan odamlar o‘pkasi zaif holatda bo‘lar ekan. Mutaxassislarning fikricha, g‘azab tufayli stress gormonlarining yuqori miqdori nafas yo‘llarining yallig‘lanishiga olib kelar ekan.
Xulosa — har qanday, hatto eng qaltis vaziyatlarda ham aql bilan suhbatlashishga harakat qiling va jahlning shaxsiy hayotingizga va sog‘lig‘ingizga ziyon yetkazishiga yo‘l qo‘ymang.
Umida ADIZOVA.
Manba: tasvir.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda