Kolumbiya universiteti va San-Fransiskodagi Kaliforniya universitetining tadqiqotchilari yaqinda sichqonlar miyasidagi «vahima hujayrasi»ni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng ular hayvonlar aqlini nazorat qilish ilinjida yorug‘lik nuridan foydalanib ko‘rdi, deb xabar berdi Xabar.uz.
Tadqiqotchilar vahima uyg‘otadigan hujayralarni aniqlash va ularning miya sohasidagi darajasidan o‘tuvchi signallarni tekshirish uchun laboratoriya sichqonlari ustida bir qator tajribalarni o‘tkazdi.
Aniqlanishicha, miyaning hissiyotlar markazidagi gippokampda sichqonlarda vahimani yuzaga keltiruvchi hujayralar mavjud ekan: sichqonlar uchun ushbu holatda vahimani yirtqich hayvonlar hujum qilishi mumkin bo‘lgan ochiq hudud uyg‘otadi.
Stressdan so‘ng sichqonlarni tinchlantirish uchun olimlar optogenetikadan — fotostimulyatsiyadan foydalandi. Ular vahimani bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi, natijada sichqonlar deyarli qo‘rquv hissini yo‘qotdi.
Ushbu usul odamlarda ham tushkunlik va qo‘rquvga qarshi kurashishda foydalanish mumkin bo‘lgan samarali vositaga aylanishi mumkin. Axir inson miyasining hujayralari ham sichqonnikiga o‘xshash. Bundan tashqari zamonaviy jamiyatda tushkunlik eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi