Uyqu vaqtida kislorod yetishmasligi demensiya (fikrlash qobiliyatining zaiflashishi) rivojlanishi xavfini 3 marta oshirar ekan. Buni Kvinslend universiteti (Avstraliya) olimlari aniqlashdi.
Uyqudagi apnoe – nafas olish buzilishi va xurrak otish bilan kechuvchi kasallikka ega odamlar xatar guruhiga kiradilar, chunki kislorod ochligi miyaning ba’zi sohalari degeneratsiyasiga (zaiflashish) olib keladi. Jumladan, e’tibor va ta’lim uchun javobgar sohalardagi hujayralar o‘ladi.
Professor Elizabet Koulson boshchiligidagi olimlarning fikricha, apnoening erta bosqichda davolanishi demensiyaning eng keng tarqalgan shakli – Alsgeymer kasalligi rivojlanishini to‘xtatishi yoki oldini olishi mumkin. Mutaxassislarning aniqlashicha, bu kasallikning birinchi alomatlari keksa odamlarda apnoe paydo bo‘lganidan taxminan 10 yil o‘tib kuzatiladi.
Endi olimlar tadqiqotga 55 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan odamlarni jalb qilishmoqchi: ular apnoening davolanishi demensiyaning oldini olishi-olmasligini aniqlashmoqchi.
Uyqudagi apnoe uchun o‘pka shamollatilishining 10 soniyadan ko‘proqqa to‘xtashi xos bo‘lib, unda kishida kunduzgi uyquchilik paydo bo‘ladi, surunkali charchoq sindromi rivojlanadi, xotira va ong zaiflashadi. Apnoe qoidaga ko‘ra kuchli xurrak otish bilan kechadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi