13 sentyabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
«O‘zgidromet» markazi xabariga ko‘ra, 13 sentyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +6…+11 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +12…+17 daraja, Surxondaryo viloyatida +14…+19 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +16…+21 daraja, qolgan barcha hududlarida, xususan, Toshkent shahrida +18 darajagacha iliq bo‘ladi.
13 sentyabr kunduzi mamlakatning tog‘li hududlarida havo harorati +13…+18 daraja, Toshkent shahrida +25…+27 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +23…+28 daraja iliq, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +27…+32 daraja, qolgan barcha hududlarda +30 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
13 sentyabrga o‘tar kechasi va 13 sentyabr kuni kunduzi Surxondaryo viloyatidan boshqa barcha hududlarda shamol tezligi soniyasiga 17—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»