
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Furqat ko‘chasida 5 may kuni, soat 12:50 larda ikkita avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, haydovchilar, 1989 yilda tug‘ilgan O.T. boshqaruvida bo‘lgan Tesla rusumli avtomashinasi va 1996 yilda tug‘ilgan X.A. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar