9 684
Davlat tashkilotlari xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin
Vazirlar Mahkamasi 7 oktyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi tartibini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Hujjatda xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati idoralari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika miqyosidagi boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Mazkur ro‘yxatga 59 tashkilot va kompaniya kirdi. Ular orasida Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi, Konstitusiyaviy sud, Oliy va Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Markaziy bank, vazirlik va davlat qo‘mitalari, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari, davlat ulushiga ega kompaniyalar bor.
Jumladan, doimiy propiskani «O‘zbekneftegaz», «O‘zavtosanoat», «O‘zbekenergo», «O‘zkimyosanoat», «O‘zbekiston temir yo‘llari» va boshqa kompaniya hamda aksiyadorlik jamiyati xodimlari olishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi