6 851
2017 yilda O‘zbekiston va Turkiya hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
2017 yilning boshida Toshkentda O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari qo‘shma komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkaziladi. O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Samarqandda o‘tkazgan muzokaralarida shu haqda kelishib olingan. Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisi doirasida O‘zbekiston – Turkiya sarmoyaviy forumi ham tashkil etiladi.
Davlat rahbarlari ushbu uchrashuv davomida erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarib, o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikning yangi sahifasini ochishga xizmat qilishiga qat’iy ishonch bildirdilar.
Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.
Turkiya O‘zbekistonning an’anaviy va muhim savdo sheriklaridan biridir. 2015 yilda o‘zaro savdo hajmi 1,2 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Ammo tomonlar qayd qilganidek, bu raqamlar mamlakatlarimiz salohiyatini aks ettirmaydi. Bu miqdorni yaqin yillar ichida 2-3 marta oshirish uchun etarli imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda Turkiyaning 500 ga yaqin firma va kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan Turkiya sarmoyasi hajmi 1 milliard dollardan oshadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi