O‘zbekistonning yangi bosh vaziri kim bo‘lishi haqidagi so‘rovnomada Kun.uz sayti o‘quvchilari o‘z taxminlarini bildirishgan. Saytning telegramdagi kanalida tashkil qilingan so‘rovnomada 5721 kishi ishtirok etdi deyiladi.
Ularning aksar qismi O‘zbekiston hukumatining yangi rahbari sifatida Moliya vaziri, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Rustam Azimovni ko‘rishmoqda. Ushbu ehtimoliy nomzod variantini 3 mingdan ortiq kishi (60 foiz) tanlagan.
Ko‘rsatilgan ehtimoliy nomzodlarning hech birini yangi bosh vazir sifatida ko‘rmayotganlar soni 629 nafar (11 foiz). Ular "Boshqa nomzod" variantini belgilashgan.
Ayni vaqtda O‘zbekiston TIV rahbari bo‘lgan Abdulaziz Komilov ham qolgan nomzodlar orasida nisbatan ustunlikka ega bo‘lgan: 565 kishi (10 foiz).
Bosh vazir o‘rinbosarlari Abdulla Aripov 8 foiz (456 kishi), Adham Ikromov 3 foiz (173 kishi), Rozuqulov Ulug‘bek 3 foiz (163 kishi), G‘ulomjon Ibrohimov 3 foiz (161 kishi) va Botir Zokirov 2 foiz (131 kishi) juda kam imkoniyatga ega deb hisoblangan.
Qayd etish kerakki, O‘zbekistonning navbatdagi bosh vaziri ham parlamentda ko‘p deputatlik o‘rniga ega bo‘lgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati − O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili bo‘ladi. Ayni vaqtda bu partiya Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Sodiqjon Turdiev hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi