AQSh harbiy-havo kuchlarining B-52 strategik bombardimonchi samolyoti o‘quv parvozini amalga oshirayotgan chog‘da kutilmagan hodisa ro‘y berdi. HHK qo‘mondonligi bayonotiga ko‘ra, samolyotning dvigateli Shimoliy Dakota shtatidagi Maynot bazasidan 46 km shimoli-sharqda qanotidan tushib ketgan, deya yozadi Kun.uz sayti.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hodisadan jabrlanganlar yo‘q. Dvigatelidan mahrum bo‘lgan samolyot erga hech qanday talofatsiz qo‘ngan. Yadro kallaklari o‘rnatilgan bombalarni elta oladigan B-52 samolyotiga Pratt & Whitney kompaniyasida ishlab chiqilgan 8ta turbovintli dvigatel o‘rnatilgan. Samolyotning parvozi chog‘ida, uning bortida 5 kishidan iborat ekipaj a’zolari bo‘lgan.
Hozirda surishtiruv ishlari borilmoqda hamda hodisa sabablari aniqlanayapti. Erga qulagan dvigatel topilgan va yig‘ib olingan, deb yozgan Defense News haftaligi elektron nusxasida.
B-52 samolyoti – Amerikaning eng keksa og‘ir, uzoq masofaga ucha oladigan bombardimonchi havo layneridir. U 1955 yildan beri harbiy maqsadlarda foydalaniladi. Hozirda, AQSh HHK tarkibida 76 ta shu rusumdagi samolyot mavjud. Ularning har biri 31,5 tonn qanotli raketalar, bomba va minalarni tashiy oladi. Ular 2040 yilgacha foydalanilishi taxmin qilinyapti. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi