Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy-koinot kuchlarining Suriyadagi operasiyasiga aloqador bo‘lgan yoki Suriya bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etgan bir qator armiya generallariga yangi unvonlar berdi, deb yozadi Kun nashri.
Putin farmoniga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy general-polkovnik unvonini oldi. Xuddi shu unvon Rossiya mudofaasini boshqarish milliy markazi boshlig‘i Mixail Mizinsevga berildi.
Bundan tashqari, uzoq aviasiya qo‘mondoni Sergey Kobilash va Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Stanislav Gadjimagomedov yangi unvonlar oldilar. Ostonada Suriya muxolifati bilan muzokaralarda Rossiya mudofaa vazirligi delegasiyasiga boshchilik qilgan Gadjimagomedov general-leytenant unvonini oldi. Yangi unvonlar olgan generallar ro‘yxatida umumiy hisobda 17 ta familiya bor.
Suriyadagi operasiyaning natijalaridan biri 3119 terrorchi, jumladan 29 nafar dala qo‘mondonining yo‘q qilinishi bo‘ldi. Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyadagi operasiya boshidan 1760 ta jangovar parvoz amalga oshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi