2018 yilda Shanxay markazidan 40 km masofada Shimao Wonderland Intercontinental — ekstremal sport turlariga ixtisoslashgan mavzuli bog‘ ochiladi. Bu haqda «Forbes»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Qurilish ishlarini xitoylik milliarder Syuy Junmaoning Shimao yirik developerlik kompaniyasi olib bormoqda. Mavzuli bog‘ tarkibida yer osti va qisman suv osti mehmonxonasi ishga tushadi, bu yerda bitta xona narxi 300 dollardan oshadi.
Mehmonxona 2010 yilda ochilishi kerak edi, ammo loyiha juda murakkab bo‘lib chiqdi. Muhandislar va quruvchilar kon tubidan suvni tortib chiqarishi, so‘ng sun’iy ko‘l yaratishi kerak edi. Bunyodkorlik ishlari 2013 yilda boshlandi.
Hozir konstruksiyaning asosiy qismi tayyor bo‘lgan, 19 qavatli binoning ikkita yuqori qavati yer ustidan ko‘tarildi ham. 2017 yil oxirigacha mehmonxonani qurib bitkazish rejalashtirilmoqda, 2018 yilda esa u Intercontinental boshqaruvi ostida ishlashni boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi