So‘nggi vaqtlarda tarixchilar va atoqli olimlar Buyuk Xitoy devorini xitoyliklar emas, balki ularning qo‘shnilari, aynan xitoyliklardan himoyalanish uchun qurgan, degan farazni ilgari surmoqda, deb yozadi «Hordiq.uz».
Birinchi o‘rinda devordagi tuynuklarning joylashuvi devorni xitoyliklar qurmaganiga ishora qiladi. Xitoyliklar shimoliy ko‘chmanchi qabilalardan himoyalanish uchun tuynuklarni shimolga qarata qurgan bo‘lardi, ammo Buyuk Xitoy devorining katta qismida tuynuklar negadir janubga, Xitoy hududiga qarab turibdi. Bundan tashqari, jangchilarning devorga kirishi uchun qurilgan zinalar ham inshootning shimoliy tomonida joylashgan.
Shuningdek, devorning konstruksiyasi o‘rta asrlardagi, o‘tochar qurollardan himoya qilishga mo‘ljallangan Yevropa va rus mudofaa inshootlariga o‘xshab ketadi. Ammo tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Xitoy devori qurilishi boshlangan davrda o‘tochar qurollar bo‘lmagan.
Tadqiqotchilar fikricha, devorni Buyuk Tartariya deb nomlangan mamlakat aholisi qurgan. 1754 yilgi Osiyo xaritasida «Chine va Grande Tartarie» deb nomlanuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi chegara aynan Buyuk Xitoy devori o‘tgan joyda joylashgan. Bu haqda Daryo.uz ma’lumot berdi.
Buyuk Xitoy devorining kelib chiqishi borasida ko‘plab jumboqlar to‘planib qolayotgan bir paytda rasmiy tarix fani bo‘layotgan hodisalarni soxta ilmiy deb atamoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi